«Özbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl törtinçi bosqiçida Özbekistonning Uzbek Tigers jamoasi XXRning China Dragons’ga qarşi jangi tobora qizğin tus olmoqda.
Ikkinçi bölib ringga 60 kg vazn toifasidagi boksçilar çiqişdi. Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev Wang Sen’ga qarşi imkoniyatini sinab kördi.
Hakamlar qaroriga köra, Murodjon Ahmadaliyev raqibidan mutlaq ustun keldi. Boksçilarimiz yana bir ğalaba qozonsa, qolgan janglar natijasidan qat'inazar Uzbek Tigers raqibini mağlub etgan hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi çempionatining VII fasl 4-bosqiç tarkibida Özbekiston şa'nini himoya qiluvçi boksçilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimlarda ringga çiqmoqdalar.

















