Qadrli katta boks şaydolari «Özbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) VII fasl törtinçi bosqiçidan örin olgan Uzbek Tigers va China Dragons jamoalari örtasidagi janglar qizğin davom etmoqda.
Musobaqa reglamentiga muvofiq, boksçilarning har biri 3 daqiqadan beş raund ringga çiqişmoqda.
Ringga uçinçi bölib 69 kg vazn toifasidagi boksçilar – Rio-2016 Olimpiadasining kumuş medal sohibi Şahram Ğiyosov va jahon çempionatining bronza medali sovrindori Liu Wei kötarilişdi.
Hakamlarning yakdil qaroriga köra, Rio-2016 Olimpiadasi kumuş medal sohibi Şahram Ğiyosov ğalaba qozondi.

Şu bilan Uzbek Tigers jamoasi muxlislarini navbatdagi ğalaba bilan qutlaymiz.
Uzbek Tigers vs China Dragons örtasidagi hisob 3-0 özbekistonliklar foydasiga. Navbatdagi janglar natijasi qanday bölişidan qat'inazar jamoa raqibidan ustun keldi, deb hisoblaş mumkin.

















