«Özbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl törtinçi bosqiçida Özbekistonning Uzbek Tigers jamoasi XXRning China Dragons’ga qarşi jangi tobora qizğin tus olmoqda. 

Ringga 81 kg vazn toifasidagi boksçilar kötarildi. Rio-2016 Olimpiya öyinlarining yana bir kumuş medali sovrindori Bektemir Meliqöziyev Huang Jiabi’ga qarşi jang olib bordi va raqibiga imkoniyat qoldirmadi. U texnik nokaut bilan Huang Jiabi’ni mağlub etdi. 

Eslatib ötamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi çempionatining VII fasl 4-bosqiç tarkibida Özbekiston şa'nini himoya qiluvçi boksçilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimlarda ringga çiqmoqdalar.