Internet tarmoğida yangi avlod Volkswagen Polo xetçbekiga tegişli suratlar paydo böldi. Avtomobilni JARda suratga olişgan. Fotosuratlarni Cars.co.za naşri e'lon qildi.

Uşbu model eng kiçik MQB şassisi negizida barpo etilişi aniq. Uning ğildiraklar bazasi 2560 mmni taşkil etadi. Bu hozirgisidan 90 mmga uzunroq deganidir. Yangi platformaga ötiş modelni kengroq va 70 kgga yengilroq bölişini ta'minlaydi. 

Yangi avlod Volkswagen Polo xetçbekiga 3 va 4 silindrli, benzinli hamda dizelli motorlar örnatiladi. Ularning işçi hajmi 1,5 va 1 litr böladi.