19 mart kuni Ğarbiy Germaniyaning sobiq poytaxti Bonn şahridagi eng maşhur binolardan biri bölgan Bonn-Center binosi yönaltirilgan portlatiş yordamida buzib taşlandi.

Bino 250 kg dinamit yordamida qöporildi. Tomida Mercedes kompaniyasining emblemasi aylanib turadigan, balandligi 60 metr keladigan köp qavatli bino sobiq hukumat mavzesining eng baland binolaridan biri bölgan. Bino 1960-yillar oxirida qurilgan bölib, uni Nyu-Yorkdagi maşhur Rockefeller Center’ga qiyoslaşgan. 

Boş rejaga köra, buzib taşlangan bino örniga balandligi 100 metr keladigan ofislar markazi barpo etiladi.