Rossiyaning Uzoq Şarq ölkasining pauerlifting va oğir atletika böyiça çempioni Ivan Savkin 19 mart kuni oğirligi 312 tonna keladigan port kranini joyidan siljita oldi.
Sportçining aytişiça, u kranni ikkinçi urinişda 1,5 metrga siljita olgan.
Uşbu aksiya Primore ölkasining Livadiya posyolkasidagi kemalarni ta'mirlaş zavodi hududida ötgan. Zavod xodimlari, mahalliy aholi va jurnalistlar rekordning örnatilişi guvohi böldilar.
Savkin yoşligini Qrimning Yaltasida ötkazgan.
"Yalta yaqinida Livadiya posyolkasi bor. Bizning rekord Primorening şu nomdagi posyolkasida örnatilgani öziga xos voqea böldi", deb aytgan Savkin.
Savkin öz faoliyati davomida köp tonnalik aerobus, parom, teplovoz, "Osa" zenit-raketa majmuasi, T-34 va T-54B tanklarini joyidan siljita olgan.












