Bugun, 20 mart kuni AQŞning 45-prezidenti Donald Trampning öz vazifasiga kirişganiga 2 oy böldi. Uning hokimiyat tepasiga kelişi Amerikaning özida ham, jahonda ham turli xil qaraşlarni keltirib çiqardi. 

Ötgan qisqa vaqt mobaynida milliarder va sobiq şoumen taşqi siyosat borasida özini turliça namoyon etdi. Bir jihatdan u saylovoldi va'dalarining bir qismini bajardi, boşqa tomondan qator muammolarga nisbatan sukut saqlamoqda yoki avvalgi ma'muriyat tutgan yölni davom ettirmoqda. 

Xususan, Meksika bilan çegarada devor qurilişining boşlanişi, BMT va boşqa qator xalqaro taşkilotlarni moliyalaş, boşqa mamlakatlarga yordam berişni qisqartiriş şular jumlasidandir. Bularning barçasi raqiblarining uni qamalib oliş siyosatida ayblaşlariga asos böldi. 

AQŞning YeI, Rossiya bilan munosabatlarini örnatiş istiqbollari va IŞIDga qarşi kuraşida noaniqlik kuzatilayapti. Yaqin Şarqda terrorizmni tezda yöq qiliş va Rossiya bilan "kelişib oliş" va'dasi hozirça amalga oşirilgani yöq. 

Rossiya bilan munosabatlar

Hozirça, AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlarga Hamburgda bölib ötadigan G20 sammiti doirasida Donald Tramp va Vladimir Putinning uçraşuvi aniqlik kiritişi mumkinligi aytilmoqda. Biroq, mazkur uçraşuv borasida ham aniq kelişuvlar mavjud emas. 

Ukrainadagi inqirozga barham beriş masalasi Vaşington va Moskva munosabatlarida muhim jihatlardan biridir. Tramp saylovoldi kampaniyasi çoğida bu haqda unçalik ham köp gapirmagan, mazkur muammo bilan Yevropa davlatlari şuğullanişi kerakligini aytgan edi. Qrim masalasida esa, umuman amerikalik siyosatçilarga xos bölmagan bayonotlar bergan, hatto yarim orolni Rossiyaga tegişli ekanini tan oliş masalasini körib çiqişini aytgandi. 

Biroq, bularning barçasi tezda barham topdi va hammasi "öz örnini egalladi". Dastlab, Oq uy ma'muriyati, prezident Qrimning Ukraina tarkibiga qaytarilişiga umid qilayotgani haqida bayonot bergan bölsa, keyinçalik, AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Rossiyani Ukrainadagi "agressiya" va "anneksiya"da aybladi. Mart oyi boşida Reks Tillerson ukrainalik hamkasbi Pavel Klimkin bilan uçraşuvidan söng, "Rossiya şarqiy Ukraina va Qrim böyiça talablarni bajarmas ekan" RFga qarşi sanksiyalar bekor qilinmasligini aytdi.

Albatta, bunda AQŞdagi içki siyosiy vaziyat ham ta'sir körsatdi. U yerda Tramp iborasi bilan aytganda "jodugarlar ovi" (Tramp jamoasidagi Rossiya bilan yaqin aloqada bölganlarni aniqlaş) boşlandi. Şu munosabat bilan Amerika prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Maykl Flinn iste'foga çiqdi.