Trump Organization AQSh tashqarisida ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar tuzishni to‘xtatmoqda

Trump Organization rahbariyati AQShdan tashqarida ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar tuzishni to‘xtatmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidentining o‘g‘li Erik Tramp Fox News telekanaliga aytib o‘tdi. U xuddi akasi - kichik Donald Tramp singari, Trump Organization vitse-prezidentlaridan biri sanaladi.
"Siyosat tufayli biznesni xorijda kengaytirish kerak emas, degan fikrga keldik. Yangi xalqaro loyihalar bilanr shug‘ullanmaymiz. Bu esa biznesimizdagi yirik ulush edi", - deya ta'kidlab o‘tdi Erik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Trump Organization hozirda AQShning ichki bozorida rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni qidirmoqda. "Biz ba'zi joylarda soliqlar pasaytirilayotgani va o‘ziga tadbirkorlarni jalb etayotganini ko‘rmoqdamiz", - deya aniqlik kiritdi tadbirkor hamda Florida, Texas, Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarini misol tariqasida keltirgan. "Ularda soliqlar past va hayot darajasi juda ajoyib. Ko‘chmas mulk narxlari juda ham ko‘tarilib ketmaydi. Bu esa siz Nyu-Yorkdan Floridaga ko‘chib o‘tib, o‘sha pullar evaziga ancha ko‘proq narsani olishingiz mumkinligini anglatadi", - deya aniqlik kiritdi u.
Erikning fikricha, prezident Trampning iqtisodiyot va biznes sohasidagi siyosati Trump Organization’ga foyda keltirmoqda. "Men biri ikkinchisiga xalaqit beradi, deb hisoblamayman. O‘ylashimcha, bu kishilar nimanidir suiste'mol qilishsa ro‘y beradi. Biz esa loyihalar bilan global tarzda shug‘ullanishimiz mumkinligi bilan ajralib turamiz, biroq barcha pullar (ishlab topilgan) Qo‘shma Shtatlarga qaytariladi", - dedi u.
Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser yanvar oyida Tramp oilaviy biznesini boshqarishni o‘g‘illariga topshirganini tasdiqlagandi. 20 yanvar kuni o‘tkazilgan inauguratsiyadan bir kun avval milliarder 400dan ortiq xususiy kompaniyalardagi barcha lavozimlardan o‘z xohishi bilan ketishi haqida ma'lum qildi.
Avvalroq Morgan Lewis & Bockius firmasi huquqshunosi Sheri Dillon Trampning davlat rahbari lavozimiga kirishganidan so‘ng xususiy va davlat manfaatlari to‘qnash kelishini oldini oluvchi rejani taqdim etgandi. Unga ko‘ra, Trump Organization Tramp prezidentligi davrida AQSh tashqarisida yangi kelishuvlarga erishishni muzlatib qo‘yadi, boshqa mamlakatlardagi mehmonxonalar tarmog‘idan kelgan daromad esa o‘z davlati moliya vazirligiga o‘tkaziladi. Dillonning tasdiqlashicha, Tramp kompaniyalaridan “butunlay voz kechish” g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi, sababi bu oilaning qolgan a'zolariga zarar keltirgan holda ularni past qiymatda sotib yuborishga olib kelardi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025