Bayramlar, tantanalar va marosimlar... Hayotimizning naqşi va mazmunini özida mujassam etgan bunday ayyomlar qançadan-qança! Har birining örni, öziga xos mazmuni, ahamiyati bor. Barçasi kişilarimiz kayfiyati, ruhiyati va vaqtiçoğligi ramzi. Qadim qadriyatlarimizdan bölgan Navröz kunida yurtimiz kişilari sayilga çiqadilar, bir-birlarini şodiyona kun bilan qutlab, ezgu tilaklar bildiradilar. 

Andijon viloyatining Oltinköl tumanida bahoriy ayyomga özgaça tayyorgarlik körildi. Ommaviy sayillar davomida gözal milliy urf-odatlarimiz tarannumiga guvoh böldik.  Ayniqsa, asrlar davomida şakllangan milliy sport öyinlarimizning yoş yigit-qizlar tomonidan namoyiş qilinişi e'tiborga molik. Ota-bobolar, momolarimiz öynab kelgan “Örda töp”, “Eçki”, “Kuçlilar bahsi”, “Oq terakmi, kök terak” kabi oddiydek köringan öyinlar asnosida tamaddun falsafasi yotibdi, göyo. 
 
Tumanning 8ta qişloğidagi 57 mahalla vakillari ötkazilgan sayilda zör kayfiyat bilan iştirok etişdi. Dorbozlarning çiqişlari,  polvonlar bellaşuvi, qişloqlarning mahoratli, yoş futbolçilari örtasida bölib ötgan musobaqalarga tomoşabinlar qiziqişi katta böldi. Futbol musobaqasida birinçi örinni egallagan jamoa tuman hokimi Baxtimurod Karimov tomonidan qora qöçqorga ega çiqqan bölsa, ikkinçi örinni egallagan jamoaga esa televizor bilan taqdirlandi.  
  
“Oltin sohil” dam oliş maskanida tuman san'atkorlari “Navröz yallasi” nomli sahnalaştirilgan dasturini namoyiş qilişdi.  Respublikamizning taniqli estrada xonandalari tomonidan ijro qilingan qöşiq, yallalar davraga fayz kiritdi.
 
Tumanning qişloq mahallalarida bayram tadbirlari davom etmoqda.