Yaponiyada sakura gullaş mavsumi oçiq deb e'lon qilindi. Yapon olçasining bu yildagi ilk gullari Tokiodagi Yasukuni ibodatxonasidagi maxsus "nazorat" daraxtida paydo böldi.

Joriy yilda Tokioda sakura oxirgi 9 yil içida birinçi marta, hattoki janubiy hududlardan köra erta gulladi. Meteorologlarning statistikasiga köra, Tokioda sakura ötgan yildagiga öxşab odatdagidan 5 kun oldin gulladi. 

Tokioda rasman sakura gullaşi mavsumi maxsus "nazorat" daraxtida ilk 5 dona gul oçilgandan keyin oçiq deb hisoblanadi. Bu daraxtni Yaponiya meteorologik boşqarmasi inspektorlari kuzatib borişadi. Ular mart boşidan barça olçazorlarni nazorat qilib borişadi. Bunga mas'ul xodim 21 mart ertalab Yasukuni ibodatxonasiga kelib, sakura şoxlarida puşti ğunçalar niş urganini qayd qildi va "Tokioda sakura gulladi" deb e'lon qildi. 

Biroq bu xabar omma tomondan odatdagidek jöşqin qarşilanmadi, çunki bugun Tokioda yomğir yoğmoqda. Biroq yapon naşrlari fotomuxbirlari yomğirli ob-havoga qaramay, mamlakatning boş sakura daraxtidagi har bir ğunçani kameraga sinçkovlik bilan qayd qilişmoqda. 

Sakuraning töliq gullaşi vaqti mart oyi oxiri yoki aprel boşiga töğri keladi. Bu vaqtda boğlar va olçazorlar puşti rangdagi gullarga burkanadi. Şu kunlari minglab odamlar bu mö'jizadan zavq oliş uçun boğlarga oşiqadilar va sakura daraxtlari ostida pikniklar uyuştiradilar.