Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Devid Kemeron Barak Obamani telefonini yaşirinça eşitişda ayblagan Donald Trampning gaplari ustidan kuldi.
Associated Press agentligining xabar berişiça, Kemeron AQŞning Rod-Aylendidagi Braun universitetida çiqiş qilar ekan, boş vazir lavozimidan iste'foga çiqqanining eng yaxşi jihatlaridan biri, Trampning suhbatlarini eşitişga boşqa majbur emasligi haqida ta'kidlab ötgan.
- Bu hazil edi, - deya qöşimça qilib ötdi Kemeron.
Ma'lumot uçun, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatning avvalgi rahbari Barak Obamani uning telefon suhbatlarini yaşirinça eşitişda ayblagandi. Buning ustiga, Obama respublikaçi ortidan josuslik qilişni Britaniya razvedkasidan söragan ekan. Tramp öz sözlariga heç qanday dalil-isbotlarni keltirmadi.












