Iroq poytaxti Bağdod şahri dunyodagi yaşaş uçun eng yomon şahar deb olindi. Bu haqda Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi hisobotida aytiladi, deb xabar bermoqda The Telegraph gazetasi.

Bağdoddan keyin Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti – Bangi hamda Yaman poytaxti – Sano şaharlari joylaşgan.

Törtinçi poğona Haiti poytaxti Port-o-Prensega, beşinçi örin esa Sudanning Xartumiga nasib etdi. Şuningdek top-10’dan Njamena (Çad Respublikasi), Damaşq (Suriya), Brazzavil (Kongo Respublikasi), Kinşasa (Kongo Demokratik Respublikasi) va Konakri (Gvineya) joy oldi. 

Mercer hayot darajasi böyiça şaharlar reytingini 19-marotaba e'lon qildi. Aholi punktlari 39 omil böyiça baholanadi, ularning içida – siyosiy barqarorlik, jinoyatçilik darajasi, şaxsiy erkinlikni çeklaş, senzura, ta'lim, transport bilan boğliq vaziyat hamda ekologik holat bor.

2016 yilda Mercer talqiniga köra Yevropadagi eng yomon şahar deb Minsk tan olingandi. Belarus poytaxti joriy reytingda ham bu “nomni” özida saqlab qoldi.