Olimlar sansatsion bayonot bilan çiqişdi - tabletka körinişidagi antibiotiklarni tabiiy mahsulotlar - ösimlik körinişidagi antibiotiklar bilan almaştiriş mumkin. "Ortodoks" tibbiy portalining ma'lum qilişiça, ösimlik antibiotiklari kimyoviy muqobillariga nisbatan ança samaraliroq hamdir.
Xalqaro olimlar guruhi dorivor preparatlardan-da samarali antibiotiklarni sanab ötdi. Bemor kişini davolaşga qodir foydali mahsulotlar röyxatidan kolloid kumuş eritmasi, greypfrut uruğlari, propolis, sarimsoq, exinatseya hamda S vitamini örin olgan.
Antibiotik xususiyatlarga ega, infeksiyalar bilan kuraşuvçi yordamçilar orasida mutaxassislar şuningdek zaytun bargalari ekstrakti, oregano moyi va Xitoyda ösuvçi astragal ösimligini ham ta'kidlab ötişdi. Barça tabiiy antibiotiklar oğriqsizlantiruvçi xususiyatga ega bölib, yalliğlanişga qarşi ta'sir körsatadi, şuningdek interferon işlab çiqarişni köpaytiradi.
Xalqaro ekspertlar bu mahsulotlarning barçasi töğri qöllangan taqdirda köplab kasalliklardan davolanişga yordam berişiga işontirişmoqda. Şunisi diqqatga sazovorki, birgina kalloid kumuş eritmasi 650 turdagi bakteriyalarni yöq qilişi mumkin ekan.
Sarimsoq, propolis va exinatseya kasallikni davolaşdan ham köproq immunitetni mustahkamlaydi. Greypfrut uruğlari esa turli foydali xususiyatlarga boy. Bundan taşqari, sitrus meva uruğlari nafaqat inson uçun foydali, ular biror kasallikka çalingan uy hayvonlarini ham davolaşda yordam beradi.












