Bill Geyts 2017 yilda ham sayyoramizning eng boy odamlari reytingiga boşçilik qilmoqda. Uning dösti Uorren Baffet 2-örinni egallagan, Jyeff Bezos esa birinçi marta yetakçi uçlikka kira oldi.
AQŞning Forbes jurnali 20 mart kuni dollardagi milliarderlarning har yili çop etiluvçi jahon reytingini yangiladi. Bu reyting hisob böyiça 31-reyting böldi. 2016 yilda milliarderlar soni ilk marta 2 ming kişidan oşib ketdi. Bir yil içida boyligi milliard dollardan köproq bölgan odamlar soni 1810 kişidan 2043 kişigaça, ya'ni 13 foizga oşdi. Dunyoning eng badavlat insonlarining umumiy boyligi esa 18 foizga oşib, 7,67 trln dollarga yetdi.
Geyts ketma-ket 4-yil dunyoning eng badavlat odami deb topildi. Uning boyligi bir yil içida 75 mlrd dollardan 86 mlrd dollargaça oşgan. Baffetning boyligi esa şu davr içida 14,8 mlrd dollarga oşdi va unga 2-örinni egallaşga imkon berdi. Amazon asosçisi Bezos avvalgi yilgi 5-örindan 3-öringa kötarildi. Uning boyligi 72,8 mlrd dollarga baholangan.
Quyida Forbes reytingiga kirgan 20 nafar eng boy odam haqida ma'lumotlar keltirilgan.
1. Bill Geyts
Foto: Seth Wenig / AP / TASS
Boyligi: 86 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 11 mlrd dollar
Boylik manbai: Microsoft
Yoşi: 61
Davlati: AQŞ
Forbes talqiniga köra, Bill Geyts ketma-ket 4-marta va oxirgi 23 yil içida 18-marta dunyoning eng boy odami böldi. 40 yildan köproq vaqt oldin Geyts dösti Pol Allen bilan dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi dunyodagi eng yirik korporatsiya – Microsoft’ga asos solgan. Hozirda Geyts özining qadrdon kompaniyasining bor-yöği 3 foiz aksiyasiga egalik qiladi, bu esa uning boyligining 13 foizini taşkil qiladi.
Geyts daromad oladigan boşqa kompaniyalar orasida Kanada milliy temir yöli, AQŞning Deere & Co maşinasozlik kompaniyasi, çiqindilarni qayta işlovçi Republic Services kompaniyasi, AutoNation avtodileri bor. 2016 yilda Geyts sarmoyaçilar jamoasi, jumladan Amazon asosçisi Jyeff Bezos bilan 1 mlrd dollarlik Breakthrough Energy investitsiya jamğarmasini taşkil etgan.
2. Uorren Baffet
Mavzuga oid
Foto: John Peterson / AP / TASS
Boyligi: 75,6 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 14,8 mlrd dollar
Boylik manbai: Berkshire Hathaway
Yoşi: 86
Davlati: AQŞ
2016 yilda dunyoning eng badavlat va maşhur sarmoyaçisi Uorren Baffet yana 15 mlrd dollarga boyidi va bu unga Forbes reytingining 2-öriniga qaytişga yordam berdi. Baffetning Berkshire Hathaway xoldingi 60 dan köproq kompaniya, jumladan Geico, Dairy Queen va Fruit of the Loom va boşqalarda uluşga ega. Milliarder, şuningdek, Wells Fargo, IBM va Coca-Cola kompaniyalariga sarmoyalar kiritgan.
Uorren özining birinçi sarmoyasini 11 yoşida amalga oşirgan. U otasidan qarzga olingan pullarga Cities Service Preferred kompaniyasining 3 dona aksiyasini sotib olgan va keyin ularni qimmatroqqa sotgan. Biroq u 38 dollarga olib, 40 dollarga sotgan bu aksiyalar narxi keyinroq 200 dollargaça kötarilib ketgan. Baffetning aytişiça, hayot öşandayoq unga sarmoya qilişning birinçi saboğini bergan, ya'ni sabr-toqat albatta mukofotlanadi.
3. Jyeff Bezos
Foto: Blue Origin / Zuma / TASS
Boyligi: 72,8 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 27,6 mlrd dollar
Boylik manbai: Amazon.com
Yoşi: 53
Davlati: AQŞ
Jyeff Bezosga joriy yilda hammadan köproq omad kulib boqdi. U yaratgan Amazon kompaniyasi aksiyalari 67 foizga qimmatlaşib, unga qöşimça 28 mlrd dollar foyda keltirdi. Onlayn-reteyler kapitallaşuvining bunday keskin ösişi Bezosga sayyoramizning eng boy odamlari reytingi yetakçi uçligidan ilk bor örin olişga imkon berdi.
Koinot sayohatlari oxirgi yillarda Bezosning boş ehtirosiga aylangan. Uning Blue Origin aerokoinot kompaniyasi köp marotaba foydalanişga möljallangan raketalarni işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
4. Amansio Ortega
Foto: Iago Lopez / AP / TASS
Boyligi: 71,3 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 4,3 mlrd dollar
Boylik manbai: Zara
Yoşi: 80
Davlati: Ispaniya
Ortega Yevropaning eng boy odami va dunyodagi eng badavlat reteylerdir. Uning boyligi manbai Zara kompaniyasidagi uluşi hisoblanadi. 2016 yilda kompaniya aksiyalari 14 foizga qimmatlaşgan, bu esa Ortegaga qöşimça 4,3 mlrd dollar keltirgan. Biroq Bezos va Baffetning işlari ötgan yil ança yaxşiroq keçgani sabab Ortega reytingda 2-örindan 4-öringa tuşib ketgan.
Ortega Zara kompaniyasini 1975 yilda özining birinçi rafiqasi Rozaliya Mera bilan taşkil etgan. Ortega kompaniyadan har yili 400 mln dollardan köproq dividend oladi va ularni Nyu-York, Madrid, Barselona, London, Çikago, Mayamidagi köçmas mulkka sarmoya qiladi.
5. Mark Tsukerberg
Foto: Imago / TASS
Boyligi: 56 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 11,4 mlrd dollar
Boylik manbai: Facebook
Yoşi: 32
Davlati: AQŞ
Mark Tsukerberg Facebook ijtimoiy tarmoğiga 2004 yilda 19 yoşida asos solgan. Tsukerberg kompaniyasi deb nufuzli Garvard universitetidagi öqişini taşlab ketgan. Biroq aynan ijtimoiy tarmoq uni multimilliarderga aylantirdi. Tsukerberg uçun 2016 yil ayniqsa omadli keldi, uning kompaniyasi aksiyalari qimmatlaşişi unga qöşimça 11,4 mlrd dollar keltirdi.
2015 yilda Mark rafiqasi Pristsilla Çan bilan ota-ona böliş baxtiga muyassar bölişgan. Juftlik özlarining Facebook’dagi uluşlarining 99 foizini xayriya maqsadlariga ajratişga va'da qilişgan. 2017 yilda juftlik ikkinçi farzand kutayotganini ma'lum qildi.
6. Karlos Slim Elu
Foto: Dario Lopez-Mills / AP / TASS
Boyligi: 54,5 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 4,5 mlrd dollar
Boylik manbai: telekommunikatsiyalar
Yoşi: 77
Davlati: Meksika
Karlos Slim Elu hamon Meksikaning eng boy odami bölib qolmoqda, biroq Forbes reytingining yetakçi beşligidan çiqib ketdi. Va bu 12 yil içida birinçi marta yuz berdi.
Slim oilasi bilan Lotin Amerikasidagi eng yirik uyali aloqa operatori – America Movil kompaniyasini nazorat qiladi. Slim, şuningdek, quriliş, riyeltorlik, toğ-kon va iste'molçilik mahsulotlari sohalaridan ham daromad oladi. Unga, şuningdek, The New York Times naşrining 17 foiz aksiyasi tegişli.
7. Larri Ellison
Foto: Eric Risberg / AP / TASS
Boyligi: 52,2 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 8,6 mlrd dollar
Boylik manbai: Oracle
Yoşi: 72
Davlati: AQŞ
Iste'dodli dasturçi ikkita universitetda ta'lim olgan, biroq ulardan ikkisini ham tugatmagan. Ellison mehnat faoliyatining boşida Markaziy razvedka boşqarmasida işlaşiga ham töğri kelgan.
1977 yilda Ellison Oracle kompaniyasiga asos solgan, aynan şu kompaniya uni milliarder bölişga olib kelgan. U 2014 yilda kompaniyaning boş direktori lavozimidan ketgan, biroq direktorlar kengaşi raisi va texnologiyalarni rivojlantiriş direktori lavozimlarini özida saqlab qolgan.
U yelkanli sport fanati bölib, AQŞdagi şu sport turidagi musobaqalarning yirik homiylaridan biri hisoblanadi. Tadbirkor xayriya işlari bilan faol şuğullanadi. U 2016 yilda Janubiy Kaliforniya universitetiga saratonga qarşi dori-darmon yaratiş uçun 200 mln dollar ajratişga va'da bergan.
8. Çarlz Kox
Foto: Getty Images
Boyligi: 48,3 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 8,7 mlrd dollar
Boylik manbai: Koch Industries
Yoşi: 81
Davlati: AQŞ
Çarlz Kox ukasi Devid bilan Koch Industries oilaviy xoldingiga egalar. 100 mlrd dollarlik tuşumga ega kompaniya AQŞning eng yirik xususiy kompaniyalari röyxatida 2-örinni egallaydi. Köp tarmoqli xoldingning tarixi neftni qayta işlovçi zavoddan boşlangan. Zavodga Koxlarning otasi asos solgan.
Qariya Çarlz 1967 yildan beri Koch Industries’da direktorlar kengaşi raisi lavozimini egallab keladi, kompaniyaning jadal ösişi aynan uning xizmatidir. Aka-uka Koxlar AQŞ siyosati, xayr-saxovat va biznesida eng nufuzli şaxslar hisoblanadilar.
9. Devid Kox
Foto: Reuters
Boyligi: 48,3 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 8,7 mlrd dollar
Boylik manbai: Koch Industries
Yoşi: 76
Davlati: AQŞ
Devid Kox akasi Çarlz bilan birga Koch Industries oilaviy xoldingiga egalar. Xolding neftni qayta işlaş, neft quvurlari quriş, stakançalar va qoğoz soçiqlar hamda boşqa köplab buyumlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
Respublikaçi Çarlz va Devid Kox öz partiyalarining asosiy homiylaridan hisoblanişadi.
10. Maykl Blumberg
Foto: Thibault Camus / AP / TASS
Boyligi: 47,5 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 7,5 mlrd dollar
Boylik manbai: Bloomberg LP
Yoşi: 75
Davlati: AQŞ
Nufuzli tadbirkor va Nyu-Yorkning sobiq meri bölgan Blumberg öz faoliyatini 1966 yilda Uoll-stritda boşlagan. Blumberg Salomon Brothers bankida 15 yil işlagan. U bankdan böşatilgaç, moliyaviy ma'lumotlar taqdim qiluvçi Bloomberg LP kompaniyasini taşkil qilgan.
U 2001-2014 yillar davomida Nyu-York meri bölgan. Blumberg bu lavozimdan 2014 yilda ketgaç, özining kompaniyasiga qaytgan. Blumberg ham xayriya işlari bilan şuğullanadi. U turli maqsadlar uçun 4 mlrd dollar xayriya qilgan.
11. Bernar Arno
Foto: Lionel Guericolas / Zuma / TASS
Boyligi: 41,5 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 7,5 mlrd dollar
Boylik manbai: haşamat buyumlari
Yoşi: 68
Davlati: Fransiya
Bernar Arno — Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti. Bu guruh 70 ta brendni, jumladan Dom Perignon, Bulgari, Louis Vuitton, Sephora va Tag Heuer hamda 3900 dökonni nazorat qiladi.
Arno kompaniyaga 1989 yildan beri boşçilik qiladi. 2016 yilda xolding savdolari 5 foizga ösib, rekord darajadagi 37,6 mlrd yevroga yetgan. Unga qaraşli Christian Dior va LVMH aksiyalari oxirgi yil içida mos ravişda 20 va 29 foizga qimmatlaşgan.
Buning evaziga Arno boyligi 7,5 mlrd dollarga oşgan va u eng boy odamlar reytingida 14-örindan 11-öringa kötarilgan. Bu Arno uçun 2013 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir.
12. Larri Peyj
Foto: Andrew Kelly / Reuters
Boyligi: 40,7 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 5,5 mlrd dollar
Boylik manbai: Google
Yoşi: 43
Davlati: AQŞ
Larri Peyj Google’ga egalik qiluvçi Alphabet kompaniyasi boş direktori lavozimini egallaydi. Peyj Google qidiruv tizimiga 1998 yil Stenford universiteti talabasi Sergey Brin bilan asos solgan. 2016 yilda Google aksiyalari narxi 18 foizga kötarilib, Peyjga 5,5 mlrd dollar keltirdi.
OAV ma'lumotlariga köra, Peyj uçar avtomobillar yaratişga ixtisoslaşgan ikkita maxfiy startap – Zee.Aero va Kitty Hawk’ni moliyalaştiradi.
13. Sergey Brin
Foto: Tony Avelar / AP / TASS
Boyligi: 39,8 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 5,4 mlrd dollar
Boylik manbai: Google
Yoşi: 43
Davlati: AQŞ
Brin Alphabet prezidenti lavozimini egallaydi. Brin 2016 yilda Google’ning 760 mln ta aksiyasini sotib yuborgan.
Brin kelib çiqişi Sobiq ittifoqdan bölib, AQŞning eng boy muhojiri va AQŞ prezidenti Donald Trampning aksilmigratsion taşabbuslarining eng aşaddiy tanqidçilaridan hisoblanadi.
14. Lilian Betankur
Foto: Charles Platiau / Reuters
Boyligi: 39,5 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 3,4 mlrd dollar
Boylik manbai: L'Oreal
Yoşi: 94
Davlati: Fransiya
Lilian Betankur dunyoning eng boy ayoli bölib, farzandlari bilan birga L'Oréal kompaniyasining 33 foiziga egalik qiladi. Ötgan yil xolding aksiyalari 17 foizga qimmatlaşib, Betankurning boyligini 3,4 mlrd dollarga köpaytirgan.
Pardoz-andoz vositalari işlab çiqaruvçi L'Oréal kompaniyasi Betankurning otasi Yevgeniy Şuller tomonidan 1907 yilda yaratilgan. 2011 yilda keksalik tufayli aqli zaiflikka uçragan Betankur qizi Fransuaza Meyyers-Betankur qaramoğiga ötkazilgan. 2012 yilda kompaniya rahbari lavozimini Lilianning nabirasi Jan-Viktor Meyyers egallagan.
15. Robson Uolton
Foto: Sarah Bentham / AP / TASS
Boyligi: 34,1 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 2,2 mlrd dollar
Boylik manbai: Walmart
Yoşi: 72
Davlati: AQŞ
Rob Uolton Walmart dökonlar tarmoği asosçisi Sem Uoltonning tönğiç öğli bölib, u kompaniyani 1992 yilda otasi vafotidan keyin 23 yil boşqargan. 2015 yilda uning kompaniyadagi direktorlar kengaşi raisi lavozimini kuyovi Greg Penner egallagan.
Kompaniya aksiyalari 2016 yilda 5 foizga qimmatlaşgan. Rob Uolton oilasiga Walmart‘ning yarmidan köp aksiyasi tegişli.
16. Jim Uolton
Foto: Getty Images
Boyligi: 34 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 400 mln.
Boylik manbai: Walmart
Yoşi: 68
Davlati: AQŞ
Jim Uolton — Walmart dökonlar tarmoği asosçisi Sem Uoltonning kenja öğli bölib, u Arvest Bank oilaviy bankini boşqaradi.
Jim Uolton Walmart direktorlar kengaşi tarkibida 10 yildan köproq bölgan va 2016 yilda öz örnini öğli Styuartga topşirgan. Umumiy hisobda Jim va Sem Uoltonning qolgan vorislari Walmart aksiyalarining yarmidan köproğiga egalik qiladi.
17. Alisa Uolton
Foto: Danny Johnston / AP / TASS
Boyligi: 33,8 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 1,5 mlrd dollar
Boylik manbai: Walmart
Yoşi: 67
Davlati: AQŞ
Alisa Uolton — Walmart asosçisining yagona qiz farzandi. Walmart’da işlagan akalaridan farqli, Alisa san'at sohasidagi loyihalarga qiziqiş bildiradi.
Alisa Uolton 2011 yilda oilasining ona şahri bölgan Bentonvill şahrida Crystal Bridges muzeyini oçgan. Muzeyda Endi Uorxol, Norman Rokvell va Mark Rotko kabi rassomlarning işlari namoyiş qilinadi. Uning san'at asarlari kolleksiyasi yuz millionlab dollarga baholanadi.
18. Van Tszyanlin
Foto: Thomas Peter / Reuters
Boyligi: 31,3 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 2,6 mlrd dollar
Boylik manbai: köçmas mulk, köngiloçar soha
Yoşi: 62
Davlati: Xitoy
Van Tszyanlin oxirgi 4 yildan beri Xitoyning eng boy odami bölib kelmoqda. Tszyanlin öz boyligini mehmonxonalar, uy-joy va savdo markazlari quriş orqali töplagan. Unga quriliş sohasida faoliyat yurituvçi Dalian Wanda Group kompaniyasi tegişli.
Kompaniya 2016 yilda 3,5 mlrd dollarga AQŞning Legendary Entertainment kinokompaniyasini, 2012 yilda esa AMC Entertainment kinoteatrlari tarmoğini 2,6 mlrd dollarga sotib olgan.
Bir vaqtning özida Tszyanlin Xitoyning köngiloçar sanoatiga sarmoya kiritadi. 2016 yilda kompaniya Nançan şahrida 3 mlrd dollarlik tematik boğlar majmuasi Dalian Wanda-City’ni oçgandi. U yana şunday majmuadan 20 tasini qurmoqçi.
19. Li Kaşin
Foto: Vincent Yu / AP / TASS
Boyligi: 31,2 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 4,1 mlrd dollar
Boylik manbai: turli sohalar
Yoşi: 88
Davlati: Gonkong
Li Kaşin Gonkongning eng badavlat odami bölib, unga Cheung Kong Property developer kompaniyasi tegişli. Oxirgi bir yil içida kompaniya aksiyalari 31 foizga qimmatlaşgan.
Li Kaşin Osiyodagi eng yirik sarmoyaçilardan biridir. U oxirgi 5 yil içida Yevropa kompaniyalariga 28 mlrd dollar sarmoya qilgan. Li Kaşin biznesiga portlar, kommunal xizmatlar körsatiş, telekommunikatsiya, köçmas mulk, ulgurji savdo sohalari kiradi. Milliarder qölida 50 dan köproq davlatda 310 mingdan köproq odam işlaydi.
20. Şeldon Adelson
Foto: John Locher / AP / TASS
Boyligi: 30,4 mlrd dollar
Bir yil içidagi özgariş: + 5,2 mlrd dollar
Boylik manbai: kazino
Yoşi: 83
Davlati: AQŞ
Şeldon Adelson AQŞda kazino bozoridagi eng yirik kompaniya Las Vegas Sands’ni boşqaradi. Kompaniya aksiyalari bir yil içida 23 foizga qimmatlaşgan.
Adelson xorijiy davlatlarga faol sarmoya qiladi. 2016 yilda Las Vegas Sands Makaoda yangi kurort oçgan. Uşbu loyiha qiymati 2,9 mlrd dollarni taşkil qilgan.
Adelson AQŞ prezidenti Donald Trampga yaqin odamlardan hisoblanadi. U Trampning saylovoldi kampaniyasiga 5 mln dollar ajratgan.
Litvalik va uelslik muhojirlar farzandi bölgan Adelson kambağallikda katta bölgan. Bölajak milliarder gazetalar sotiş orqali pul işlay boşlagan. Adelson amakisidan olgan 200 dollar qarz evaziga 12 yoşida birinçi savdo nuqtasini oçgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi