AQŞ prezidenti Donald Trampning boyligi bir yil içida 1 mlrd dollarga kamaydi. Hozirda uning boyligi 3,5 mlrd dollar deb baholanmoqda. Bu haqda Forbes naşri xabar bermoqda. 

Bir yil avval Trampning boyligi 4,5 mlrd dollarga baholanib, u dunyoning eng boy odamlari reytingida 336-örinni egallayotgandi. Hozirda u 544-öringa tuşib ketdi.

Yanvarda Tramp uning biznesi öğillari Kiçik Donald va Erik Tramp boşqaruvi ostiga ötişini ma'lum qilgan. Uning aytişiça, öğillari kompaniyani "professional darajada" boşqara oladilar va u bilan heç narsani muhokama qilmaydilar.

AQŞ prezidentining yillik maoşi 400 ming dollarni taşkil qiladi. AQŞ prezidenti, şuningdek, davlat byudjyetidan şaxsiy ehtiyojlariga 50 ming dollar, safarlar uçun 100 ming dollar va hordiq uçun 19 ming dollar sarflaşi mumkin.