Diyorimizga qutluğ qadamlar bilan yoşariş ramzi Navrözi olam kirib keldi. Xalqimizning ezgu va gözal qadriyatlarini özida mujassam etgan bahor ayyomi vatandoşlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangan. 

Andijon  viloyatining barça tumanlarida bölib ötgan sayillarda aholi vakillari kötarinki ruhda iştirok etdilar. Bugun Andijon şahrining törtta – Alişer Navoiy nomli boğ, Bolalar boği, Kamolot boği hamda Boği Boburda xalq sayillari ötkazildi. Xiyobonlar, dam oliş maskanlari yaqinlari, farzandlari bilan şodiyonada iştirok etiş uçun çiqqan insonlar bilan tölib toşgan. Boğişamoldagi “Boği Bobur” maskanida el suygan san'atkorlar, tumanlarning xalq jamoalari, folklor guruhlari iştirokida katta konsert dasturi namoyiş qilindi.       

E'tiboringizga, bayram şodiyonalari aks etgan fotolavhalarni havola etamiz.