AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson aprelda Italiyaga “yettilik” davlati TIV rahbarlari uçraşuviga boradi, söngra Rossiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda TASS Davlat departamenti vakiliga asosan xabar berdi.

Aniqlik kiritilişiça, Tillerson kelayotgan çorşanba kuni NATOga a'zo-davlatlar taşqi işlar vazirlari bilan uçraşadi. Bu muloqotlar Davlat departamentida IŞIDga qarşi kuraş böyiça aksilterrorçilik koalitsiyasi iştirokçilari uçraşuvi doirasida bölib ötadi.

"U Ukraina vakillari bilan uçraşib böldi", - deya qöşimça qilib ötişgan Davlat departamentida.

"U uşbu maslahatlaşuvlardan söng, aprelda Italiyaga “yettilik” davlatlari uçraşuviga, keyin esa Rossiyaga boradi. Siyosiy işlar böyiça örinbosar Tom Şennon NATO davlatlari TIV rahbarlari uçraşuvida Qöşma Ştatlardan vakil sifatida iştirok etadi", - deya xulosa qilgan idora vakili.

Tasdiqlanmagan xabarlarga köra, davlat kotibi 5-6 aprel kunlari Bryusselda bölib ötişi rejalaştirilgan NATOning 28 davlati taşqi işlar vazirlari uçraşuvini ötkazib yuboradi, sababi bu vaqtda AQŞga XXR raisi Si Tszinpin keladi.