Özbekiston bilan Hindiston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Hindiston prezidenti Pranab Mukerji Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga tabrik yöllagan. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

«Siz Janobi Oliylariga, Özbekiston hukumati va xalqiga mamlakatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan özimning samimiy tabriklarimni yöllaşdan ğoyat mamnunman.

Hindiston bilan Özbekiston örtasida köp asrlik döstlik va hamkorlik riştalari mavjud. Hamkorligimiz ikki tomonlama asosda, şuningdek, butun dunyoda tinçlik va osoyiştalikni saqlaş, xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yölida xalqaro forumlar doirasida izçil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidlayman. Ötgan 25 yil davomida biz yanada yaqinlaşdik va strategik şeriklik munosabatlarimiz özaro manfaatli barça sohalarda mustahkamlandi», deyilgan Hindiston prezidenti qutlovida.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz qutlovida dunyodagi dolzarb masalalar yuzasidan ikki mamlakatning siyosati va pozitsiyasi yaqinligini, BMT va boşqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş, bir-birini özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş Özbekiston bilan Hindiston manfaatlariga mos kelişini ta'kidlagan.

Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston barça yönalişlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada kengaytiriş, buning uçun mavjud ulkan salohiyatdan töliq foydalanişga tayyor» ekanini qayd etgan.
Özbekiston Prezidenti ikki mamlakat birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan teng huquqli va uzoq muddatli hamkorlikni Özbekiston va Hindiston xalqlari manfaatlari yölida sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişiga işonç bildirgan.