Şimoliy Koreya OAV öziga xos taşviqot roligini taqdim etdi. Unda KXDR Qurolli kuçlarining Amerika samolyotlari va aviataşuvçisini yakson qilişi tasvirlangan, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.

Kadr ortida ayol suxandon “piçoq aviataşuvçining tomoğiga tiqilgani, bombardimonçi esa olov oqimi tufayli yerga qulaşi” haqida xursand bölib gapirib berdi.

Fotomontaj uçun material sifatida AQŞ va Janubiy Koreyaning Foal Eagle nomli qöşma maşqlari haqiqiy tasviri işlatildi. Maşqlar 2017 yilning martida boşlangan bölib, hozirgi kunga qadar davom etmoqda.

Avvalroq şimoliy koreyaliklar yetakçisi Kim Çen In AQŞni yadro bombasi orqali “kulga aylantirib qöyiş” bilan tahdid qildi. Bu holat agarda amerikaliklar “Şimoliy Koreya tomonga heç bölmasa bitta öqni uzişsa” röy berar ekan. 

Ma'lumot uçun, AQŞ va KXDR örtasidagi munosabatlar Pxenyan tomonidan qator raketa sinovlari ötkazilganidan söng yanada keskinlaşdi.