Zamonaviy Wi-Fi tarmoqlari ma'lumotlarni soniyasiga 0,45-1 Gb tezlikda yetkaza oladi. Niderlandiya Texnika universiteti tadqiqotçisi Eyndxovena Joan O öz dissertatsiyasida ularni soniyasiga 42,8 Gb tezlikda axborot yöllaşga qodir infraqizil tarmoqlarga almaştirişni taklif qildi. Hi-Tech şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.

Bugungi kunda 802.11b/g/n/ac standartdagi Wi-Fi-modullar keng qöllanmoqda. Routerlar ma'lumotlarni radioçastotalar yordamida yetkazişmoqda, şu bois köpinça tösiqlar yuzaga keladi, ayniqsa bir vaqtning özida bir neça moslamalar işlagan paytda. 

Joan O öz tajribasida antennali infraqizil nurlarni qöllagan va 2,5 metr masofaga soniyasiga 42,8 Gb tezlikda ma'lumot yetkazişga erişgan. Tadqiqotçi xonada bir neça şunday qurilma örnatiş va axborotni katta masofalarga heç qanday tösiqlarsiz yuqori tezlikda yöllaşni taklif qilmoqda.

Afsuski, radiotölqinlardan farqli ölaroq, infraqizil nurlar devor ortidan ta'sir körsata olmaydi, şuning uçun innovatsion yetkazib beruvçi modul kvartiraning har bir xonasiga örnatilişi kerak böladi. 

Hozirça tizim faqat ma'lumotlarni yuklab olişga doir sinovdan ötdi. 

Tadqiqotçilar guruhi rahbari doktor Kunenning fikriça, texnologiya bozorda beş yildan keyin paydo bölişi mumkin.