Andijon qişloq xöjalik institutida “Navröz” umumxalq bayrami munosabati bilan sayl bölib ötdi. Bayram saylida 1500 kişi iştirok etdi. 

Bayram dasturi doirasida Navröz ruhi aks ettirilgan badiiy çiqişlarda xalq laparlari, sumalak sayli, yor-yor, beşikka boğlaş marosimlarida  talabalarning çiqişi şodiyonaga aylanib ketdi. “Milliy sport öyinlari” tanlovida kuraş, arqon tortiş, toş kötariş kabi tarixi asrlarga teng öyinlar yoşlarga zavq-şavq bağişladi.

Saylda fakultetlarning “Andijonça oş tanlovi”, akademik guruhlarning “Bayramona bezatilgan “Navröz” milliy taomlar dasturxoni”,  “Milliy  liboslar va bahoriy turmaklar podiumi”, “Musaffo osmonda varrak musobaqasi”, “Balli qizlar körik tanlovi”, “Urf-odat va an'analarimizdan lavhalar” tanlovlari ötkazildi. 

Şuningdek, sumalak, halim, oş, kök somsa, kök çuçvara kabi milliy taomlarning tayyorlanişida talabalarning bevosita iştiroki ularda milliy an'analarimizga sadoqat ruhini uyğotdi. 

Saylda Andijon viloyati hokimining örinbosari, viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi Manzura Fazliddinova, Viloyat “Kamolot” YoIH boşliği E.Abduqodirov iştirok etib, Navröz bayrami bilan tabriklaşdi.

Ayniqsa sevimli san'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qöşiqlar sayl iştirokçilariga kötarinkilik bağişladi.