Joriy yilda beş nafar BAA işbilarmoni Forbes'ning dunyoning eng badavlat milliarderlari röyxatidan joy oldi. Ularning boyligi umumiy summasi deyarli 30 milliard dollarni taşkil qildi. Gulf News şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.
BAAning juda badavlat kişilari turli sohalarda, jumladan köçmas mulk, quriliş, çakana savdo va avtomobilsozlik kabi soahalarda öz biznes-xoldinglariga egalar. 2017 yilning mart oyi holatiga köra, ularning aktivlari 27,3 milliard dollar (100 milliard dirham)ni taşkil qiladi.
Bu yili BAAda eng badavlat milliarder maqomi 10,6 milliard dollar sof kapitalga ega Majid Al-Futtaimga nasib etdi. U 2000dan ziyod dunyoning eng badavlat milliarderlari röyxatida 125-örinni egalladi.
Biznes-magnat yopiq toğ-çanği kurorti va Carrefour gipermarketlariga ega Mall of the Emirates'ni boşqaruvçi xolding kompaniyasiga ega. Carrefour gipermarketlari Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika va Markaziy Osiyoda mavjud. Yaqindagina kompaniya Mall of Egypt'ni oçdi.
Undan keyingi örinda 3,1 milliard dollar sof daromadga ega Abdulla bin Ahmad Al-Gurayr turadi. Al-Gurayr va uning milliarder ukasi Saif BAAdagi yirik işbilarmonlar oilasi vakillari hisoblanadi. U Maşriqbank asosçisi hisoblanadi. Al-Gurayr dunyoning eng badavlat milliarderlari röyxatining 202-örnida qayd etilgan.
Uçinçi eng badavlat milliarder Majid Al-Futtaimning avtomobil sanoatida faoliyat yurituvçi jiyani Abdulla Al-Futtaimdir. U Al Futtaim Group konglomeratiga ega bölib, Toyota va Honda avtomobillarining BAAga yagona yetkazib beruvçisi hisoblanadi. Bundan taşqari, mahalliy suğurta bozorining ulkan uluşini egallab olgan Orient Insurance Co. rahbari hamdir. U dunyoning eng badavlat milliarderlari orasida 427-örinni egallagan.
Köçmas mulk sohasida tanilgan, dunyo miqyosida 501-örinda qayd etilgan yana bir badavlat amirlik işbilarmon törtinçi örinni band etdi. Damac Properties asosçisi Hussayn Sajvoniy 3,2 milliard dollar sof daromadga egalik qiladi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 2013 yilda Trump brendi ostida ikki golf maydonini quriş uçun Sajavoniy bilan hamkorlik qilgan. 2017 yilning fevralida Akoyyada Trump International Golf Course, Damac turar-joy majmui oçildi.
Saif Al-Gurayr 2,1 milliard dollar mablaği bilan BAAning beşinçi milliarderi nomiga sazovor böldi. Yillar mobaynida işbilarmonning moliyaviy ahvoli özgarib turdi, uning sof daromadi 3,4 milliard dollardan 2,1 milliardga pasaygan. U Forbes röyxatining 973-poğonasida qayd etilgan.












