2016 moliya yili 3-çoragida sport kiyimlari işlab çiqaruvçi Nike kompaniyasining sof daromadi 20 foizga ösib, 1,14 mlrd dollarga yetdi. Ötgan 9 oy mobaynida sof daromad 11 foizga kötarilgan va 3,23 mlrd dollarni taşkil etgan. Har bir aksiya daromadi 68 sentdan iborat bölgan. Tahlilçilar bu boradagi körsatkiç 0,53 dollar bölişini taxmin qilişgan edi.
Sof daromadning ösişiga örtaça soliq stavkasining 16,3 foizdan 13,8 foizga pasaytirilgani, savdo va ma'muriy tarqatiş qiymatlarining 3 foizga — 2,5 mlrd dollargaça pasaygani ham ijobiy örin tutgan. Bundan taşqari, valyuta kurslarining öynaşi oqibatida qöşimça 88 mln dollar daromad körilgan.
III çorakdagi pul tuşumi 5 foizga ösib, 8,4 mlrd dollarga yetgan. Bu raqam moliya yili boşidan beri 6 foizga ösib, 25,67 mlrd dollarni taşkil etgan. Nike 3-çorakda 8,9 mln dona aksiyasini xarid qilgan. Buning uçun 475 mln dollar sarflagan. 2015 yil noyabrida direktorlar kengaşi 12 mlrd dollarlik öz aksiyalarini xarid qiliş böyiça 4 yillik dasturni ma'qullagan edi. Hisobot e'lon qilinişi bilan Nike aksiyalari 3,71 foizga arzonlaşib, bir donasi 55,86 dollarga tuşgan.











