Osiyo mintaqasidan JÇ–2018 turniriga saralaş bosqiçi A guruhi ikkinçi davrasiga 23 mart kuni start beriladi. Unda Özbekiston milliy terma jamoasi safarda Suriyaga qarşi bahs olib boradi. ÖFF rasmiy sayti uşbu uçraşuvga prevyu tayyorladi.
Bölajak öyinda Suriya nominal mezbon bölgani hamda mamlakatda siyosiy beqarorlik hukm surayotgani uçun Osiyo futbol konfederatsiyasi öyin neytral maydonda – Malayziyada ötkazilişini ta'minladi.
Mazkur bellaşuv Malakka şahridagi 40 ming muxlisga möljallangan Hang Jebat Stadium öyingohida ötkaziladi. Öyin mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toşkent vaqti bilan soat 17:00) start oladi.

Özaro uçraşuvlar
Özbekiston milliy terma jamoasi şu kungaça Suriya bilan 2 marta töqnaş kelgan. 1996 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqiçida suriyaliklar 2:1 hisobida zafar quçgandi. JÇ–2018 turniriga uçinçi saralaş bosqiçi 1-turida Özbekiston termasi Toşkentda Suriya ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozongan.
FIFA reytingidagi örinlar
Özbekiston milliy terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 63-poğonadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinçi örinda joylaşgan.
Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 95-örindan joy olgan. Osiyo mamlakatlari orasida Suriya 10-örinda bormoqda.
Uçraşuv rasmiylari

Suriya va Özbekiston örtasidagi öyin BAA vakillari bölgan hakamlar guruhiga topşirilgan. Abdulla Muhammad Hasan uçraşuv boş hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad al-Hammadiy hamda Hasan al-Mahriy yordam beradi. Törtinçi hakam vazifasini Ahmad Hamis al-Naqbiy bajaradi.
Hakamlar nazoratçisi sifatida avstraliyalik Edvard MakGregor iş olib boradi. Uçraşuv komissari – Xin Çyong. Xitoylik Syaolong Deng OFK vakili sifatida öyinga taklif etilgan.













