Toşkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya bölimi negizida Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslaştirilgan markazi taşkil etiladi. Bu haqdagi qaror Özbekiston Respublikasi boş vaziri tomonidan 14 mart kuni imzolandi. Hujjat matni Lex.uz’da taqdim etilgan.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
angionevrologiya sohasida muvofiqlaştiriş markazi funksiyalarini amalga oşiriş, miya qon-tomir yetişmovçiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolaşning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etiş böyiça metodik rahbarlikning samarali vertikalini şakllantiriş;
malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş işlarini muvofiqlaştiriş, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda körgazmali operatsiyalar, ta'lim beruvçi ma'ruzalar va seminarlar taşkil etiş;
miya qon-tomir yetişmovçiligi bilan boğliq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriş;
miya qon-tomir yetişmovçiligi kasalliklarini davolaşning zamonaviy usullarini joriy etiş yöli bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari şikastlanişiga çalingan bemorlarni davolaş;
surunkali miya qon-tomir yetişmovçiligi kasalligiga çaliniş bilan boğliq holatlarni doimiy ravişda tahlil qilgan holda Özbekiston Respublikasida insult kasalligi milliy registrini işlab çiqiş.
Markaz Toşkent şahri, Olmazor tumani, Farobiy köçasi, 2-uy manzili böyiça Toşkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi hududida joylaştiriladi.
Qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga va Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri A.K. Şodmonov zimmasiga yuklandi.












