Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 flagmaniga örnatiladigan Bixby ovozli yordamçisini namoyiş etdi. Kompaniya saytida assistent haqidagi batafsil ma'lumot joylandi. 

Işlab çiqaruvçi bu bozordagi eng aqlli assistent ekani hamda uning boşqa kompaniya qarorlaridan (masalan, Apple'ning Siri'sidan) farq qilişini ta'kidladi. Samsung kompaniyasi Bixby'ning boşqa tizimlardan ajratib turuvçi uç asosiy jihatni keltiradi. 

Birinçi navbatda, assistentning "baquvvat" ekani ta'kidlanmoqda, ya'ni foydalanuvçi odatiy dastur interfeysi orqali amalga oşiradigan deyarli barça funksiyalarni bajariş imkoni mavjud. Bundan taşqari, tizim kontekstni tanib, vaziyatga qarab turli variantlarni taklif qilişi mumkin. Uçinçi jihat - Bixby nafaqat ma'lum bir buyruqlarni, balki erkin şaklda berilgan savollarni ham tuşuna oladi. 

"Bixby smartfonlardan boşlab, asta-sekinlik bilan barça qurilmalarimizga örnatiladi. Kelgusida siz uşbu assistent yordamida öz muzlatgiçingiz yoki konditsioneringizni boşqarişingiz mumkin böladi", - deyiladi kompaniya matbuot relizida. 

Samsung Galaxy S8 smartfoni 29 mart kuni Nyu-Yorkda namoyiş etiladi. Uning korpusida assistentni işga tuşiruvçi maxsus tugma böladi.