Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22 mart kuni davlat taşrifi bilan Ostona şahriga keldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Şavkat Mirziyoyevni Ostona aeroportida Qozoğiston boş vaziri Baqitjan Sağintayev kutib olgan.
Özbekiston va Qozoğiston davlat bayroqlari bilan bezatilgan Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Tantanali kutib oliş marosimidan keyin Özbekiston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.
Taşrifning asosiy voqealari 23 martga belgilangan. Oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinişi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşilişi möljallangan.

Şavkat Mirziyoyev taşrifi doirasida Ostona şahrida Özbekiston Milliy sanoat körgazmasi, ikki mamlakat işbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari iştirokida biznes-forum ötkazilişi ham közda tutilgan.
Özbekiston Prezidentining taşrifi yakunlari böyiça davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, Özbekiston – Qozoğiston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan salmoqli şartnomalar imzolanişi rejalaştirilgan.












