Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22 mart kunining ikkinçi yarmida davlat taşrifi bilan Ostona şahriga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralarda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşiladi. 

Taşrif doirasida Ostona şahrida Özbekiston Milliy sanoat körgazmasi, ikki mamlakat işbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari iştirokida biznes-forum ötkazilişi ham közda tutilgan. 

Muzokaralar yakunlari böyiça davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo qator muhim hujjatlar, Özbekiston – Qozoğiston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan salmoqli şartnomalar imzolanişi rejalaştirilgan.