Çili Oliy sudi mamlakatni boşqargan diktator Augusto Pinoçet razvedkasining 33 nafar sobiq xodimiga nisbatan öz hukmini e'lon qildi. Ular 5 nafar muxolifat vakillarini öğirlaganlari uçun turli yillarga qamoq jazosiga mahkum etildi. 

Sudlanuvçilarga 3 yildan 15 yilgaça qamoq jazosi tayinlangan. Bunda, hozirda mavjud bölmagan milliy axborot markazi sobiq rahbari Ugo Salas Vensel hamda mazkur markaz operativ bölimi rahbari Alvaro Korbalan Kastilyaga 15 yildan qamoq jazosi tayinlangan. 

Tergovga köra, 1987 yilda general Karlos Karrenoning öğirlanişiga javoban markaz xodimlari tomonidan qölga olingan kommunistlar ölimida aybdor deb topilgan. Ular Valparaiso hududida okeanga vertolyotdan taşlab yuborilgan.
 
1973 yil sentabr oyida Çilida amalga oşirilgan harbiy davlat töntarişiga general Pinoçet yetakçilik qilgan, 1990 yildagina hokimiyatni fuqarolik hukumatiga topşirgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, uning boşqaruvi davrida Çilida siyosiy ayblovlar bilan qariyb 3,2 ming kişi öldirilgan, 1,2 ming kişi bedarak yöqolgan, 28 mingga yaqin odam qiynoqlarga solingan. Pinoçetga qarşi jinoiy iş qözğatilgan, ammo u 2006 yilda vafot etgandi.