Xitoyning ZTE kompaniyasi AQŞ sudida öz mahsulotlari va texnologiyalarini Eronga noqonuniy ravişda yetkazib berganini rasman tan oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Mart oyi boşida ZTE Eronga texnologiyalar yetkazib beriş böyiça AQŞ qonunlarini buzgani uçun 1 mlrd dollar jarima tölaşga rozi bölgani ma'lum bölgandi.
Ma'lum qilinişiça, kompaniyaning öz aybini tan olişi AQŞ hukumati va kompaniya örtasidagi kelişuvning bir qismi hisoblanadi.
AQŞga smartfonlar yetkazib beriş böyiça 4-raqamli kompaniya hisoblanuvçi ZTE jarima sifatida 892 mln dollar tölab beradi. Bundan taşqari, kompaniya agar 7 yil içida uşbu kelişuv doirasida belgilangan qadamlarni amalga oşirmasa, yana 300 mln dollar tölab berişga rozi böldi.
ZTE 2010 yildan rivojlanayotgan davlatlarda AQŞning Cisco kompaniyasi rasmiy distributori sifatida uning qurilmalarini sotiş bilan şuğullangan. Mart oyida Reuters axborot agentligi öz manbalariga iqtibos keltirgan holda ZTE kompaniyasi Cisco qurilmalarini Eronga sotganini ma'lum qilgan, vaholanki bu kompaniya qurilmalarining Eronga sotilişi taqiqlangan. Axborot agentligining ma'lum qilişiça, Xitoy kompaniyasi Eronga AQŞdan boşqa taqiqlangan texnologiyalarni ham sotgan.












