Özbekiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida «Nazarboyev universiteti» va MEGA Silk Way savdo markazini borib kördi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Universitetga ilk talabalar 2010 yilda qabul qilingan. Uning tarkibida 8 maktab, bir markaz va kutubxona bor. Ta'lim xalqaro andozalar asosida olib boriladi. Har yili 440dan ortiq bakalavr va 170dan ziyod magistr kadrlar tayyorlanadi.
Özbekiston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qöydi.
MEGA Silk Way savdo markazida savdo dökonlari, sport va köngiloçar şoxobçalar, turli ofislar joylaşgan. Uşbu markaz şu yil 10 iyundan 10 avgustgaça Ostona şahrida ötkaziladigan «EKSPO – 2017» xalqaro körgazmasiga mezbonlik qiladigan me'moriy ansamblning muhim qismi hisoblanadi.
Bu yerda özbek va qozoq xalqlarining aşula va raqslari, milliy hunarmandlik mahsulotlari namoyiş etildi.
Prezidentlar «EKSPO – 2017» xalqaro körgazma maydonining «Nur olam» paviloniga taşrif buyurişdi.
Şavkat Mirziyoyev «EKSPO – 2017» ixtisoslaştirilgan xalqaro körgazmasi mamlakatlarimiz işbilarmon doiralari va korxonalari örtasida hamkorlikni yanada kengaytiriş, istiqbolli kelişuvlarga erişiş yölida muhim tadbir bölişini ta'kidladi.
Özbekiston delegatsiyasining taşrifi doirasida Ostona şahrida Özbekiston Milliy sanoat körgazmasi va ikki mamlakat işbilarmon doiralari iştirokida biznes-forum ham bölib ötdi.
Şu bilan Özbekiston prezidentining Ostonaga taşrifi yakunlandi, Şavkat Mirziyoyevni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev kuzatib qöydi.












