Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ostonaga tashrifni tarixiy deb atadi
Shavkat Mirziyoyev o‘zaro uchrashuv chog‘ida Nursulton Nazarboyevni O‘zbekistonga taklif qildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabarida aytilgan.
«Siz, Nursulton Abishevich, o‘tgan yilning sentabr oyida Samarqandga tashrif buyurib, Qozog‘iston O‘zbekiston bilan har doim birga bo‘lishi haqida aytgandingiz. Yaxshi vaqtda birga xursand bo‘lamiz, mushkul damlarda birgalikda qayg‘uramiz. Bu so‘zlar bizni yaqinlashtirdi. Sizning so‘zlaringiz orqali butun o‘zbek xalqi haqiqiy do‘stning yelkasini tuydi. Siz Hayit kuni O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti, do‘stingiz Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida ataylab keldingiz. O‘shandan boshlab bizda umuman o‘zgacha o‘zaro munosabatlar boshlandi. Sizning so‘zlaringiz, tashrifingiz va bizning do‘stona munosabatlarimiz, hozir o‘zingiz aytganingizdek, besh oy davomida hammasi biz bilan xuddi birinchi bora ro‘y berayotgandek», degan Mirziyoyev tor doirasidagi uchrashuv vaqtida.
Uning ta'kidlashicha, o‘zbekistonlik 250 nafar atrofidagi tadbirkor Ostonadagi qo‘shma forumda ishtirok etadi.
«Bu siz birinchi prezident Islom Abdug‘aniyevich bilan tashkil etgan asosni yaratmoqda. Bu ko‘prik va bu asos mustahkamlanadi. Biz har doim Qozog‘istonni eng yaqin, ishonchli qo‘shni sifatida ko‘ramiz. Bu bizning eng birinchi tashriflarimizdan biri ekani, bugun Ostonada ekanligimiz, ko‘p narsadan dalolat beradi. Albatta, kecha muzokaralarni boshladik va bugun o‘zaro munosabatlar istiqbollari haqida suhbatlashamiz. Ilk bora bizning delegatsiyamiz safida parlament rahbarlari, mudofaa vazirligi rahbariyati bor, bunday mahkamalar bilan shunday qalin hamkorlik hech qachon bo‘lmagan», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonga ushbu tashrifni tarixiy deb hisoblaydi.
«O‘tgan yili ro‘y bergan narsa – dunyodagi tarixiy voqeadir. Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylanishi u yerda Markaziy Osiyoning barcha manfaatlari sizning boshchiligingizda albatta bo‘lishidan dalolat beradi. Bu Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka oid barcha masalalarni tartibga soladi. Ishonchim komilki, BMTda doimiy bo‘lmagan a'zolikning 2 yillik muddati davomida Afg‘oniston bo‘yicha choralar qabul qilinadi. Bu sizning sa'y-harakatingiz, sizning tashabbuslaringiz bo‘ladi. O‘zbekiston buni ham doim qo‘llab-quvvatlaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni O‘zbekistonga o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif buyurishga taklif qildi. «Biz kelishuvga erishdik, ko‘proq uchrasha boshlaymiz. Sizni O‘zbekistonda kutib olishdan juda xursand bo‘laman», - deya ta'kidlab o‘tdi O‘zbekiston rahbari.
Ostonadagi biznes-forumda 1 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanadi
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
23:15 / 24.08.2025