15 martdan Toşkent şahri çorrahalarida kuzatuv kameralari işga tuşirilgani haqida avval xabar qilingan edi. Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan profilaktika kuni munosabati bilan ötkazilgan matbuot brifingida 16 martdan 23 martgaça bölgan ma'lumotlar taqdim etildi. Unga köra, bugungi kunda Toşkent şahrining 115ta çorrahasida 883ta kuzatuv kameralari tunu-kun işlab kelmoqda.

Kameralar hafta davomida haydovçilar tomonidan jami 29 mingdan ziyod qoidabuzarliklar sodir etganini qayd etib, şundan 16 mingdan ortiği svetoforning qizil çiroğida harakatlaniş, 13 mingdan ortiği tezlikni belgilangan me'yordan oşirganlik kabi huquqbuzarliklarni taşkil etgan.

Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayevning aytişiça, mazkur kameralarning işga tuşirilişi natijasida, haydovçilar yöl harakati qoidalariga tobora köproq rioya etmoqda. Buni statistika ma'lumotlari ham isbotlaydi. Agar 15 mart kuni, ya'ni bir sutka davomida 8 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etilgan bölsa, bu körsatkiç 22 mart kuni 2 mingtani taşkil etgan. Bu esa dastlabki holat 4 barobar yoki 6 mingtaga kamayganini körsatadi. 

Şuningdek, yöl-transport hamda odam ölimi bilan boğliq hodisalarining ikki barobarga kamayişiga erişildi. Misol uçun, 10 martdan 16 mart kuniga qadar 27 ta yöl-transport hodisasi, şundan 3tasida odam ölimi bilan boğliq holatlar qayd etilgan bölsa, 17 martdan 23 mart kuniga qadar 14ta yöl transport hodisasi, şundan bittasida odam ölimi bilan boğliq hodisa röyxatga olingan.