Özbekiston va Qozoğiston çegarasida ikki yangi ötkaziş punkti paydo böladi, amaldagi uçtasi esa – keçayu-kunduzlik rejimga ötkaziladi, deb xabar bermoqda «Kazinform».

«Biz mamlakatlarimiz özaro aloqalari uçun barça çoralarni körmoqdamiz. Özbekiston bilan çegarada ikki qöşimça ötkaziş punktini oçiş, şuningdek amaldagi avtomobillarni ötkaziş uçta punktini keçayu-kunduzlik iş rejimiga ötkaziş rejalaştirilmoqda», - deya xabar berdi Qozoğiston investitsiyalar va rivojlaniş böyiça vaziri Jyenis Kasimbek Ostonadagi qozoq-özbek forumi davomida.

Şuningdek uning xabar qilişiça, Qozoğiston poytaxtidan Toşkentga ikki aviareys yölga qöyiladi.

«Yaqinda Olmaota-Toşkent, Toşkent-Olmaota tezyurar poyezdi yölga çiqarildi, hozirning özida unga çiptalar topib bölmayapti. Ostonadan Toşkentga bir haftada qöşimça ikkita reys parvoz qiladi. Ya'ni, Olmaotadan 12ta reysga ega bölsak, Ostonadan 6ta böladi – deyarli har kuni», - deya qöşimça qilib ötgan vazir.