Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov 28 mart kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan uçraşuv ötkazadi. Bu haqda Rossiya hukumatidagi manbaga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilişiça, hukumat rahbarlari ikki mamlakatning iqtisodiy hamkorligi masalasini muhokama qilişadi.

Vazirlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, energetika sohasidagi qöşma loyihalarni amalga oşiriş, transport va qişloq xöjaligi, şuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini körib çiqişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, aprel oyi boşida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiyaga davlat taşrifi bilan boradi.