AQŞ harbiy kuçlari çorak asrda birinçi marta Yevropa mudofaasining yangi operativ rejasini qabul qilişdi. Bu haqida NATOning Yevropadagi Qöşma Qurolli kuçlari (QQK) boş qömondoni general Kertis Skaparrotti xabariga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi. U bir vaqtning özida AQŞ harbiy kuçlari Yevropa qömondonligini ham boşqaradi. 

"Amerika sobiq mudofaa vaziri Eşton Karterning tasdiği bilan 25 yilda birinçi marta Yevropa mudofaasining yangi operativ rejasi tayyorlandi", - dedi Skaparrotti. Karter Pentagon rahbari lavozimini joriy yilning yanvarida tark etgan. 

"QQK boş komissarining sözlariga köra, Amerika tanklari Yevropa yerlariga qaytgan. Bundan taşqari, AQŞning F-15 va F-22 qiruvçi-bombardimonlari havoda hukmronlikni namoyiş etişmoqda, Yevropa dengizlari uzra esa AQŞ harbiy-dengiz flotining operativ birlaşmalari harakatlanmoqda", - qöşimça qildi Skaparrotti.