23 mart kuni Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Krasnoyarsk ölkasi gubernatori Viktor Tolokonskiy bilan muzokaralar ötkazdi.
Ta'kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan strategik hamkorligining ustuvor yönalişlaridan biri savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridir.
Rossiya an'anaga köra, Özbekistonning asosiy va yirik savdo hamkori hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida kuçayib borayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, tovar va xom-aşyo bozorlarida narxlarning pasayişi özaro savdo körsatkiçlariga salbiy ta'sir körsatişda davom etmoqda. Şu tariqa 2016 yil yakunlariga köra, Özbekiston va RF örtasidagi tovar aylanmasi 4,9 foizga qisqargan va 4,2 milliard dollarni taşkil qilgan.

Andijon viloyati hokimi Ş.Abdurahmonov va Krasnoyarsk ölkasi gubernatori V.Tolokonskiy muzokaralar davomida ikki mintaqaning Savdo-sanoat palatalari örtasidagi hamkorlikni faollaştiriş, işçi doiralarning taşriflarini taşkillaştiriş, sanoat korxonalari mahsulotlari körgazmalarini ötkazişga kelişib olişdi.
Ş.Abdurahmonov Krasnoyarsk işçi doiralarini har yili Özbekistonda ötkaziladigan körgazma-yarmarka tadbirlari, jumladan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi, Xalqaro paxta va töqimaçilik yarmarkasi, Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi, şuningdek qişloq xöjaligi minitexnologiyalari va ixçam uskunalarini namoyiş qiliş va sotişga ixtisoslaştirilgan "Uzbekistan Agrominitech Expo"da iştirok etişga taklif qildi.

















