Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada parranda grippi xavfi sabab 300 mingga yaqin tovuq yo‘q qilinadi
Yaponiyaning ikkita prefekturasida parranda grippi xavfi tufayli deyarli 300 mingta tovuqni yo‘q qilishga to‘g‘ri kelmoqda.
Prefekturalardan birida joylashgan tovuqchilik fermasida bir kechaning o‘zidayoq 96 ta tovuq nobud bo‘lgan. Olib borilgan tadqiqotlar mazkur jonivorlarda parranda grippining N5 turi kuzatilganini ko‘rsatgan. Shu sabab fermada uch kun ichida 220 ming tovuqni yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi. Yordamga mudofaa kuchlari jalb etilgan.
Tokio yaqinida joylashgan Tiba prefekturasida ham ana shunday voqea kuzatilgan. Bu yerda 68 mingta tovuq yo‘q qilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ikkita prefektura yo‘llarida nazorat punktlari o‘rnatilgan. Ular dezinfeksiya ishlari bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026