Argentinaning federal sudyasi Klaudio Bonadio 23 mart kuni mamlakat markaziy bankidagi firibgarliklar işi böyiça sud tinglovlarini boşlaşga körsatma berdi. Bu iş böyiça mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner ham sudda javob beradi.
Bundan taşqari, uşbu iş böyiça Argentina markaziy bankining sobiq rahbari Alexandro Vanoli va sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri Aksel Kisilof ham ayblanmoqda.
Bonadio Kirşnerga nisbatan 2016 yilning may oyida jinoiy iş qözğatgan. Tergovni boşlaşga esa markaziy bank rahbariyatini valyutalarni bozor narxidan past narxda sotişi böyiça ikki muxolif deputatning ayblovi sabab bölgan. Tergov ma'lumotlariga köra, uşbu operatsiyalardan ziyon bir neça mlrd pesoni taşqil qilişi mumkin.
Ayni vaqtda sobiq prezidentga nisbatan ikkita iş qözğatilgan.

















