Maktablarda o‘quv yili uzaydi, ta'tillar muddatlari o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma nashrida xabar berilgan.
Nizomda o‘quv yili davomiyligi va ta'tillar muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston maktablarida joriy o‘quv yili 33 haftadan 34 haftaga uzaygan, birinchi sinflar uchun esa 30 hafta o‘rniga 33 hafta etib belgilangan.
O‘quv yili davomidagi ta'tillar muddati quyidagicha belgilandi:
Kuzgi ta'til: 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun (ilgari 4 noyabrdan boshlab 8 kun);
Qishki ta'til: 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kuni (ilgari 31 dekabrdan 11 kun);
Bahorgi ta'til: 21 martdan boshlab 7 kalendar kuni (ilgari 22 martdan 10 kun);
Yozgi ta'til: oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan, bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun esa o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan boshlab 1 sentabrgacha (o‘quv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha);
1-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta'til: fevral oyi davomida (fevral oyi o‘rtalarida).
Barcha maktablarda dars soati qat'iy ravishda 45 daqiqa deb, tanaffus esa 5-10 daqiqa deb belgilandi.
Hujjat 2017 yil 22 martdan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
Mavzuga oid

16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi

18:10 / 10.01.2025
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi

16:40 / 18.12.2024