Huquq-tartibot idorasi xodimlari Moskva jamğarma bankining ikki nafar xodimini firibgarlikda gumon qilib hibsga olişdi, deb xabar beradi "Kommersant" gazetasi. Bank menejyeri lavozimida işlab kelayotgan opa-singil Maryam va Tamila Dadaşevalarni Moskva avtosalonida Ferrari sotib oliş çoğida qölga olişgan.
Tergov ma'lumotlariga köra, ustamon qizlar yuridik şaxs sifatida bankda faoliyat körsatib mijozlar hisobidan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişgan. Öz lavozimidan foydalangan Dadaşevalar boşqa bir xususiy firma hisobiga katta miqdorda (40 million rubl) pul ötkazib, keyin uni naqd pulga aylantirişgan.
“Bu tergov işi bizning bank xavfsizlik xizmatimiz kömagida ötkazilmoqda. Huquqni muhofaza qiliş organlariga tergov işiga aloqador barça zaruriy hujjat va ma'lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Jinoyatçilar jazolanişi tarafdorimiz”, - deya ma'lum qilişgan bank mutasaddilari. Qallob Dadaşevalarga qarşi qözğatilgan jinoyat işi katta miqdordagi firibgarlik deb baholanmoqda.












