Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan JÇ-2018 saralaşi 3-bosqiçida Suriyaga qarşi keçgan va 0:1 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan 6-tur uçraşuvidan söng matbuot anjumanida iştirok etdi va guruh bosqiçini muvaffaqiyatli yakunlaş uçun hali imkoniyat borligini ta'kidladi.

«Bugun futbol körmadik, boisi maydon holati unçalik yaxşi emas edi. Bugungi şaroitlarni hisobga olib, yaxşiroq öyin namoyiş etiş va xarakter körsatişimiz talab etilgan edi. Bugungi mağlubiyatdan afsusdamiz, ammo Özbekiston terma jamoasi hamon uçinçi örinda va imkoniyatlarini yöqotmagan. Biz oldinga harakat qilamiz va keyingi öyinlarda ğalaba qozoniş uçun harakat qilamiz. Umid qilamanki, keyingi öyinlarda optimal tarkibda maydonga tuşamiz va albatta, ğalaba qozonamiz. Futbolçilarga öyin uçun minnatdorçilik bildirdim. Ular qattiq mehnat qilişdi va bor kuçlari bilan öynaşdi. Ularga e'tirozim yöq», deya murabbiyning sözlarini keltirgan ÖFF rasmiy sayti. 

«Guruhdagi terma jamoalarda oldinga harakat qilişlari uçun yaxşi imkoniyat bor. Öylaymanki, barça kuraş hali oldinda va barça jamoalarda yaxşi imkoniyat bor. Keyingi öyinda Qatarga qarşi öynaymiz. Uşbu uçraşuvga jiddiy tayyorgarlik köramiz va umid qilamanki, Qatarni yuta olamiz», - deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.