AQŞ prezidentining öğli kiçik Donald Tramp London hokimi Sodiq Xonga Britaniya poytaxtida yuz bergan hujumdan söng avvalgi bayonotlarini eslatgani tufayli tanqid ostiga olindi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Trampning kiçik öğli Independent naşrida 2016 yilning sentabrida e'lon qilingan maqolaga ilova bergan, unda Xonning teraktlar “katta şahardagi hayotning bir qismi” ekani haqidagi sözlari iqtibos keltirilgan.

“Siz hazillaşmoqdamisiz?!”, - deya yozgan kiçik Tramp naşrning “London hokimi Sodiq Xonning aytişiça, terrorçilik hujumlari katta şahardagi hayotning bir qismidir” degan sözlariga işora qilib.

Naşrning yozişiça, kiçik Tramp bu izoh yarim yil avval e'lon qilingani yuzasidan aniq ma'lumotga ega bölmagan bölişi mumkin.

Ta'kidlanişiça, Xon bunday bayonot bilan Nyu-Yorkdagi hodisalarga izoh bergan, öşanda 26 kişi jarohat olgandi.