Quvasoy şahridagi “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati quriliş va sanoat tarmoqlari, mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan yengil avtomaşinalar, avtobus va qişloq xöjaligi texnikalariga oyna hamda şişa mahsulotlari yetkazib berişga ixtisoslaşgan. Ayni paytda ikki mingdan ziyod işçi-xizmatçi mehnat qilayotgan korxonada 150 turdagi mahsulotlar işlab çiqariladi.
    
Ilgari korxona uçun zarur bölgan asosiy xomaşyo xorijiy davlatlardan keltirilar edi. Bu esa, tabiiyki, ma'lum muammolarni keltirib çiqarardi. Mamlakatimizda sanoat korxonalarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, ayniqsa, Mahalliylaştiriş dasturi ijrosi tufayli uşbu masala öz yeçimini topdi. Endilikda kalsiylangan soda Qönğirot soda zavodidan keltirilmoqda. Bu esa tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini arzonlaştiriş imkonini bermoqda. 

 Albatta, bunday qöşimça qulayliklar işlab çiqariş jarayonini modernizatsiyalaş işlarini kengaytirişga ham katta turtki berayapti. Şu bois sexlar Germaniya davlatidan keltirilgan zamonaviy qoliplaş uskunalari bilan jihozlandi. Bu bilan texnologik jarayon töliq avtomatlaştirilişi barobarida, şişa idişlar tayyorlaş quvvatini 110 million, bankalarni esa 269 million donaga yetkazişga erişdi. 

Korxona Örta Osiyoda özining hajmi kattaligi bilan yagona sanaladi. 2017-yilda Ispaniyadan texnologiya olib kelinib, yangi maxsulot, ya'ni oynaga suratlarni sifatli tarzda bosiş yölga qöyildi. Bugungi kunda maxsulotlar Qirğiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Latviya singari mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

   

Ahror Ziyo, Farğona