Ekspertlar hisobi bo‘yicha, ayni damda respublikada mobil aloqa foydalanuvchilarining umumiy soni 22-23 million kishini tashkil qiladi.
Mutaxassisning xabar berishicha, besh yildan so‘ng mamlakatda potensial abonentlar soni 25 million kishiga yetishi bashorat qilinmoqda. Kompaniya ham ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mijozlar bazasini teng ravishda oshirib boradi.
"Ikki yillik xizmat davomida ayni damda abonentlarimiz soni bir million kishiga yetdi. Kelgusida o‘z abonentlarimiz sonini nafaqat yangi xizmatlar, tarif rejalar, aksiyalar va maxsus bonusli taklif joriy qilish hisobiga, balki raqobat uchun mutlaqo yangicha yondashuv ishlab chiqish bilan ham oshirib boramiz", — qayd etdi Marat Smagin.











