Şimoliy Koreya yangi yadroviy sinovni amalga oşirişga töliq tayyor turibdi. Bu haqda Seulda jurnalistlarga Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili ma'lum qildi.
"Şimoliy Koreya yer ostida yadroviy portlaşni amalga oşirişga tayyorgarlikni yakunladi. U mamlakat yetakçisi Kim Çen Indan tegişli buyruq olingandan keyin bir neça soat davomida amalga oşirilişi mumkin", deb aytgan janubiy koreyalik zobit.
Uning aytişiça, Janubiy Koreya harbiylari amerikalik hamkasblari bilan Şimoliy Koreyadagi Toçxan-ri poligonidagi "vaziyatni sinçkovlik bilan kuzatmoqdalar". Uning fikriça, yadroviy sinov mart oyi oxirigaça amalga oşirilişi mumkin.
Şimoliy Koreya ayni vaqtgaça 2006, 2009, 2013 va 2016 yillarda 5 ta atom sinovini ötkazgan.












