Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi bitiruvchilar sifati indeksi natijalariga koʻra eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Roʻyxatdan 20 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrin oldi.

Toifalar kesimida ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda 11 ta, amaliy fanlar yoʻnalishida 5 ta, tibbiyot hamda ijod va sport yoʻnalishlarida 2 tadan oliygoh eng yuqori koʻrsatkichga ega deb eʼtirof etildi.

Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda Toshkent shahridagi Vebster universiteti 76,3 ball bilan eng yuqori oʻrinda joylashdi.

Amaliy fanlar yoʻnalishida esa Toshkent shahridagi Inha universiteti 74,2 ball natijaga erishgan.

Tibbiyot fanlari yoʻnalishida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali 74 ball, ijod va sport fanlari yoʻnalishida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi 81,5 ball bilan yuqori yigirmatalikka kirgan.

Barcha oliygohlar orasida eng yuqori ball ham Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga tegishli boʻldi.

Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.