Yevropa ittifoqi öz faoliyati vaqtida köplab xatolarga yöl qöydi. Bu haqda Yevroparlament rahbari Antonio Tayani Rimda Rim şartnomasi imzolanişining 60-yilligiga bağişlangan yiğiliş oçilişida aytib ötdi.

"Biz özimizning Yevropadan çarçaganimiz yöq, biroq yaxşiroq işlaşimiz darkor. Afsuski, köp xatolar qilindi", - dedi u.

Tayani sözlariga köra, Yevropa ittifoqiga özgarişlar kerak. "Yevropani özgartiriş kerak, biroq u yöqotilişi kerak emas. Bizga birdamlik har qaçongidan ham zarur", - deya ta'kidlab ötdi u.

Oliy darajadagi uçraşuvda hamjamiyatning 27 a'zo-davlati vakillari iştirok etmoqda. Uzoq kutilgan bayram esa Buyuk Britaniyasiz ötmoqda, uning aholisi ötgan yilning iyun oyidagi referendumda YeI tarkibidan çiqiş uçun ovoz berdi. Aynan şu holat yubileyga biroz tuşkunlik bağişlab turibdi, biroq davlat rahbarlarining işonişiça, yiğiliş hamjamiyat qayta tuğilişida muhim örin tutadi hamda uning tarixida yangi sahifa oçadi.