Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras hozirgi Yevropa ittifoqi Yevropa xalqlari orzu qilgandek emasligi hamda uni özgartiriş uçun kuraş olib boriş kerakligini ma'lum qildi.

"Biz har kuni Yevropa xalqlari yutuqlarini himoya qilişimiz kerak. Heç şubha yöqki, bu biz orzu qiladigan Yevropa emas. Biroq uni özgartiriş uçun içki kuraş kerakligi haqida ham ikkilaniş bölmasligi kerak", - deya aytib ötdi Tsipras Rimdagi anjuman yakunlanganidan söng. U YeI taşkil etilgani 60 yilligi munosabati bilan ötkazildi.

Uning sözlariga köra, sammitda Yevropaning ijtimoiy xarakterini kuçaytiriş masalasi kötarilgan.

"Men muhim masalani kötardim, ijtimoiy yutuqlar hali ham bormi va ular Yevropaning barça davlatlari uçunmi. Men tasdiq javobini oldim, biroq buni amaliyotda isbotlaş kerak", - dedi Gretsiya boş vaziri.

Tsiprasning aytişiça, Yevropaning asosiy duşmani sönggi yillardagi neoliberal siyosat bölib, u Ittifoqning asosiy prinsiplariga qaytişga çaqirdi.

"Biz YeI kelajagi haqida ijtimoiy huquqlar va inson qadr-qimmatisiz orzu qilmasak ham böladi. Bu prinsiplar hamda ijtimoiy modelni qaytariş kerak", - dedi u.

Tsipras şuningdek öta öng populizmni xavfli deya atagan.

Gretsiya boş vaziri sammitdan biroz avval YeI rahbariyati va 26 davlat yetakçilariga Gretsiyaning Yevropa ijtimoiy modeli standartlariga bölgan huquqlarini birgalikda himoya qiliş böyiça maktub yuborgan.