Germaniya kansleri Angela Merkel YeI qator xatolarga yöl qöyganini tan oldi va ularni tuzatişga çaqirdi, deb xabar qilmoqda Rai telekanali.

Merkel, şuningdek, avval boşlangan vazifalarni ham poyoniga yetkaziş kerakligini aytgan. 

U asosiy kamçiliklar sifatida taşqi çegaralar muammosi, yagona valyuta muomalasi tizimining yaxşi öylanmagani hamda muhojirlar bilan boğliq muammolarni keltirib ötgan. 

«Bularning barçasini biz bank ittifoqi va barqarorlaştiriş mexanizmlari vositasida hal etmoqçimiz»,— degan u.